17:45 / 18.07.2017
5 181

Klichko Joshuadan qasos olish uchun Las-Vegasga boradi

Klichko Joshuadan qasos olish uchun Las-Vegasga boradi
Eng og‘ir vazn toifalaridai bokschilar Entoni Joshua va Vladimir Klichko noyabr oyida yana jang o‘tkazadi. Shunday qilib, ushbu ikki bokschi o‘rtasidagi revansh bahsi kuz mavsumida bo‘lib o‘tadi.

«Mir boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy Twitter sahifasida shu haqda bayonot berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar allaqachon takroriy jang xususida kelishib bo‘lishgan.

Bir vaqtning o‘zida Amerikaning Showtime telekanali vise prezidenti Stiven Espinoza ham shu haqda ma’lum qildi.

«Albatta, bu ajoyib jang bo‘ladi, — deya uning so‘zlarini keltiradi Sky Sports. – Las-Vegas so‘nggi 20 yilda superog‘ir vazndagi eng katta jang».

Espinozaning qayd etishicha, takroriy jangni o‘tkazish muddati va joyi to‘g‘risidagi qarori juda tez qabul qilingan.

Joshua bilan takroriy jang 41 yoshli Klichko uchun professional faoliyatidagi 70-jangi bo‘ladi. O‘tgan yilning noyabr oyida ular Londonning «Uembli» stadionida jang o‘tkazishgan edi. Britaniyalik 11-raundda texnik nokaut bilan raqibini mag‘lub etgan edi. Shunday qilib, Joshua o‘zining IBF chempionlik kamariga WBA va IBO g‘oliblik unvonlarini ham qo‘shdi.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, bokschilar ringda o‘tkazgan vaqti uchun 13 mln dollardan olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klichko Joshuadan qasos olish uchun Las-Vegasga boradi