13:03 / 23.07.2017
5 255

Milliy terma jamoa nazorat uchrashuvida «Al Tavun»ni mag‘lub etdi

Milliy terma jamoa nazorat uchrashuvida «Al Tavun»ni mag‘lub etdi
Ayni kunlarda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Saudiya Arabistonining “Al Tavun” klubiga qarshi uchrashuvda Igor Sergeev tomonidan uchrashuvning 29-daqiqasida kiritilgan yagona gol O‘zbekiston milliy terma jamoasiga kichik hisobda g‘alaba keltirdi.

Ma’lumot uchun, mazkur yig‘in doirasidagi ilk uchrashuvda milliy terma jamoa Eronning “Zob Ohan” klubiga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edi.

Avvalroq xabar berilganidek, ushbu yig‘in Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa uchun Xitoy hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalariga qarshi Jahon chempionati saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Izmit, Turkiya.
23 iyul, shanba

O‘zbekiston – "Al Tavun" (Saudiya Arabistoni) 1:0

Gol: Igor Sergeev (29).

O‘zbekiston:
Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 46), Davron Hoshimov (Erkin Boydullaev, 27), Otabek Shukurov, Murod Holmuhamedov, Akmal Shorahmedov, Farruh Sayfiev, Sherzod A’zamov, Salamat Qutiboyev (Shoxruz Norhonov, 74), Jaloliddin Masharipov, Sardor Mirzaev, Igor Sergeev (Aleksandr Merzlyakov, 79).


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy terma jamoa nazorat uchrashuvida «Al Tavun»ni mag‘lub etdi