14:01 / 24.07.2017
4 921

«Real» Madrid penaltilar bo‘yicha «Manchester Yunayted»ga yutqazib qo‘ydi

«Real» Madrid penaltilar bo‘yicha «Manchester Yunayted»ga yutqazib qo‘ydi
«Manchester Yunayted» Xalqaro chempionlar kubogi uchrashuvida Madridning «Real» klubini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuv Kaliforniyadagi «Levays» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti durang – 1:1 hisobi bilan yakunlandi. «MYu» birinchi bo‘lim oxirlarida Jessi Lingardning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi, 69-daqiqada esa Kasemiro penaltini aniq amalga oshirdi va muvozanatni tikladi. Biroq, 11 metrlik zarbalar seriyasida aynan Karlos hal qiluvchi xatoga yo‘l qo‘ydi.

Real Madrid – Manchester Yunayted 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 1:2

Gollar: 0:1 – 45 Lingard, 1:1 – 69, Kazemiro penalti.

«Real» – Navas (Kasilya, 46), Varan (Kesada, 46), Marselo (Texero, 46), Karvaxal (Hakimi, 46), Nacho (Manu, 46), Isko (Oskar Rodriges, 46), Kroos (Kazemiro, 46), Vaskes (Teo, 46), Modrich (Kovachich, 46), Beyl (Foylase, 46), Benzema (Dani Gomes, 46).

«Manchester Yunayted» – Romero (De Xea, 46), Jons (Smolling, 46), Bayi (Lindelef, 46), Darmian (Valensiya, 77), Lingard (Pogba, 46), Fosu-Mensa (Blind, 46), Fellayni, Kerrik (Mxitaryan, 46), Pereyra (Errera, 46; Maktomini, 52), Marsyal, Reshford (Lukaku, 46).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2.
Ogohlantirish: Oskar Rodriges (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Madrid penaltilar bo‘yicha «Manchester Yunayted»ga yutqazib qo‘ydi