15:03 / 24.07.2017
5 361

Osiyo chempionati (U-23) musoboqasining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Osiyo chempionati (U-23) musoboqasining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi
2018-yil yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida (U-23) ishtirok etadigan 16 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda O‘FF matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, “D” guruhida ishtirok etgan Ravshan Xaydarov shogirdlari BAA mezbonlik qilgan uchrashuvlarning barchasini g‘alaba bilan yakunladilar va guruhda birinchi o‘rinni olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri OCh (U-23) yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Quyidagi jamoalar o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egalladilar: O‘zbekiston, Ummon, Iroq, Qatar, Falastin, Avstraliya, KXDR, Malayziya, Janubiy Koreya va Xitoy.

Eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalari: Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya, Tailand, Vetnam va Yaponiya musobaqada ishtirok etishadi. Biz bilan bir guruhda bahs olib borgan BAA esa yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati (U-23) musoboqasining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi