16:02 / 24.07.2017
6 193

«Barselona» Neymarning talabini qondira olmaydi

«Barselona» Neymarning talabini qondira olmaydi
«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishi oydinlashmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar tarqatdi.

Biroz avvalroq futbolchining otasi kataloniyaliklar klubi rahbariyati vakillari bilan uchrashgandi. U o‘z o‘g‘liga Parij klubidan taklif borligini tasdiqlagan, o‘g‘lining qarori moliyaviy shartlarga bog‘liq ekanini ma’lum qilgandi.

«Barselona» futbolchisini 222 mln evrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilgan, uning shartnomasida aynan shuncha pul badal puli sifatida belgilangan.

Bundan tashqari, futbolchining otasiga ular Neymar qolsa ham uning maoshini ko‘tarib bera olmasliklarini ma’lum qilishgan.

Neymar bilan shartnoma yangilanib, shartnoma muddati 2021 yilgacha uzaytirilganida, yillik maosh miqdori 25 mln evro etib belgilangandi.

Bu vaqtda 25 yoshli braziliyalik futbolchini 222 mln evroga sotib olishga tayyor turgan parijliklar klubi unga yiliga 30 million evro maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif etmoqda.

23 iyul kuni Neymar jamoadoshlari Lionel Messi va Luis Suares bilan suhbatdan keyin klubda qolishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo u o‘z qarindoshlari bilan suhbatdan keyin yana qarorini o‘zgartirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Neymarning talabini qondira olmaydi