00:01 / 25.07.2017
4 772

«Paxtakor» Turkiyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida yirik g‘alabaga erishdi

«Paxtakor» Turkiyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida yirik g‘alabaga erishdi
Turkiyaning Izmit shahridagi yig‘in o‘tkazayotgan «Paxtakor» jamoasi birinchi nazorat bellashuvida «Sabail»dan 4:1 hisobida ustun keldi.

Ozarboyjon Superligasi ishtirokchisiga qarshi uchrashuvda tashabbusga erishgan toshkentliklar jamoasi yirik natija bilan g‘alaba qozonishdi.

Ahmedov to‘pni raqibdan olib qo‘ygach, darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Simich Kanyukning jarimadan oshirgan to‘pini darvozaga aniq yo‘naltirdi. Mehmonlar birinchi bo‘limda bunga bir gol bilan javob berishdi.

Tanaffusdan so‘ng to‘p yana raqibdan olib qo‘yilgach, bu safar O‘rinboyev zafar quchdi. Iskanderov esa maydon markazi atrofidan jarima zarbasini darvozaga yo‘lladi.

«Paxtakor» - «Sabail» - 4:1 (2:1)
«Paxtakor»: Lobanov, Alijonov, Tojiev, Simich (Ermamatov), Yusupov, Nurullaev, Ahmedov (Sa’dillaev), Bezerra (Ismatullaev), Kanyuk (Iskanderov), Karimov (Ibrohimov), O‘rinboyev.
Gollar: Ahmedov, Simich, O‘rinboyev, Iskanderov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» Turkiyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida yirik g‘alabaga erishdi