13:09 / 26.07.2017
4 776

Dunyoning eng qimmat himoyachisi oxir-oqibat «Liverpul»da bo‘ladi

Dunyoning eng qimmat himoyachisi oxir-oqibat «Liverpul»da bo‘ladi
«Sauthempton» himoyachisi Virjil van Deyk transfer oynasi yakuniga (31 avgust) qadar baribir «Liverpul»ga o‘tadi, deb Kun.uz xabar berdi.

Oldinroq, «Sauthempton» niderlandiyalik futbolchini mavsumoldi tayyorgarlik uchun Fransiyaga boradigan futbolchilar orasiga kiritmagandi. Bunga uning jamoada to‘p surishni istamayotgani va o‘zini qo‘yib yuborishlarini so‘ragani sabab bo‘lgan.

Iyun oyi boshida «Sauthempton» «Liverpul»ning van Deyk bilan ularning ruxsatisiz muzokaralar olib borgani uchun APL rahbariyatiga shikoyat xati bilan chiqqandi. shundan so‘ng mersisaydliklar «avliyolar»dan uzr so‘ragan va ortiq bu himoyachiga qiziqmasliklarini bildirgandi.

Endilikda bu transfer mavzusiga yana qaytiladigan ko‘rinadi. Van Deykning transferi 70 million evroga baholanmoqda. Agar transfer amalga oshsa, niderlandiyalik himoyachi dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng qimmat himoyachisi oxir-oqibat «Liverpul»da bo‘ladi