14:35 / 26.07.2017
6 159

O‘smirlar (U-16) va yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi

O‘smirlar (U-16) va yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi
2018 yili o‘smirlar (U-16) va yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi.

2018 yilning 20 sentyabridan 7 oktyabriga qadar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan o‘smirlar (U-16) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Malayziya mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatlari o‘yinlari 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 16–24 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar termasi saralash bosqichining “A” guruhidan joy oldi va OCh final yo‘llanmasi uchun guruh mezboni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi esa U-19 OChga saralash bosqichi “B” guruhidan o‘rin olgan. Guruhda, shuningdek, mezbon Tojikiston, Bangladesh, Maldiv orollari va Shri-Lanka joy olgan. Mazkur saralash o‘yinlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘smirlar (U-16) va yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi