International champions cup musobaqasining AQShda davom etayotgan guruhida yana bir markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Manchester Siti» Madridning «Real» klubiga qarshi maydonga chiqib, raqibni ayab o‘tirmadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Birinchi bo‘limda ikkala jamoada ham yaxshi imkoniyatlar bo‘lgan bo‘lishiga qaramasdan, hisob ochilmay qolgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda Gvardiola jamoasi butunlay boshqacha kayfiyatda tushib keldi. Avvaliga Nikolas Otamendi burchak to‘pidan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 59-daqiqada Rahim Sterling Uoker-de Bryuyne-Sterling superkombinasiyasini muvaffaqiyatli yakunlab qo‘ydi. 67-daqiqada yana Kevin de Bryuynening to‘p uzatishidan so‘ng, bu safar Jon Stounz madridliklar darvozasini aniq nishonga oldi.
Ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida ikkala jamoada ham asosan yoshlar harakat qilishdi va bu vaqtda «Siti» yoshlari faolroq bo‘lishdi. 81-daqiqada Patrik Roberts bilan kombinasiyani amalga oshirgan «shaharliklar» kelajagi Brahim Dias uzoq masofadan Kiko Kasilyani ojiz qoldirdi. «Real» futbolchilari so‘nggi daqiqada Oskar Rodrigesning chiroyli goli bilan bir marta javob qaytara olishdi. Natijada o‘yin 4:1 hisobida Gvardiola shogirdlari g‘alabasi bilan tugadi.
International champions cup
AQSh, Los-Anjeles
Manchester Siti (Angliya) – Real Madrid (Ispaniya) 4:1 (0:0)
Gollar: Otamendi (52), Sterling (59), Stounz (67), Brahim Dias (81) – Oskar Rodriges (90).
Manchester Siti: Ederson (Grimshou, 80), Uoker (Dyueyni, 70), Kompani (Mangalya, 46), Stounz, Danilo (Sane, 80), de Bryuyne (Zinchenko, 69), Ture (Roberts, 80), Foden (Nasri, 46), Otamendi (Adarabioyo, 80), Gabriel Jezus (Brahim Dias, 69), Aguero (Sterling, 46).
Real Madrid: Navas (Kasilya, 46), Varan (Valexo, 62), Nacho (Asensio, 62), Marselo (Xakimi, 62), Karvaxal (Texero, 62), Kazemiro (Teo, 62), Modrich (Oskar Rodriges, 62), Isko (Sebalos, 62), Kovachich (Vaskes, 62), Beyl (Markos Lorente, 61), Benzema (Mayoral, 62).
Ogohlnatirishlar: Ture (29), Nacho (33), Karvaxal (41), Nasri (88).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi