17:03 / 30.07.2017
4 853

Zidanni «Barselona»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat ranjita olmadi

Zidanni «Barselona»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat ranjita olmadi
«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan International Champions Cup turniri doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan va 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

«Biz o‘yinni juda yomon boshladik, diqqatni jamlay olmaganimiz tufayli ettinchi daqiqadayoq ikkita gol o‘tkazdik. Keyin biz o‘zimizga kela boshladik, ikki gol urdi, ammo juda yaxshi o‘ynadik deya olmayman.

Hech narsani yashirayotganimiz yo‘q. Maydonga chiqqach, hamisha yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz. Biz yana bir necha kundan keyin «Barselona» bilan o‘ynaymiz. Bugun o‘yin faqat bir darvoza tomonga bo‘ldi deyish ham to‘g‘ri emas. Ha, biz o‘yinni juda yomon boshladik, ammo o‘yinga qayta oldik. Lekin o‘yinda yakkakurashlarni ham boy berdik, bu esa bizga xos emas.

Mavsumoldi yig‘inlari davom etmoqda, biz o‘zimiz ham bunday natijalar bo‘lishini kutmagandik. Asosiysi – 8 avgustga tayyor bo‘lish («MYu»ga qarshi Evropa Superkubogi uchun). Men bugun ba’zi ijobiy jihatlarni ko‘rdim, shu bilan birga aksini ham. Sabr bilan ishlash va Superkubok o‘yiniga tayyorlanishimiz kerak.

Bugungi mag‘lubiyat menga qattiq ta’sir qilmaydi. Ha, yutqazish hamisha yoqimsiz, bu hech kimga ham yoqmaydi, ammo hozir asosiysi bu emas. Biz qolgan vaqt davomida o‘yinimizni yanada yaxshilashimiz kerak», — degan Zidan.

«Real» Xalqaro chempionlar kubogi davomida bungacha «Manchester Yunayted»ga 1:2, «Manchester Siti»ga 1:4 hisoblarida mag‘lub bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidanni «Barselona»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat ranjita olmadi