08:39 / 02.08.2017
5 104

«Liverpul» Myunxenda «Bavariya»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

«Liverpul» Myunxenda «Bavariya»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
«Liverpul» «Audi Kap» o‘rtoqlik musobaqasining yarim finalida «Bavariya» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Myunxendagi «Alyans-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs qizillarning 3:0 hisobidagi ustunligi bilan yakuniga etdi.

Birinchi bo‘limda Sadio Mane va Muhammad Saloh to‘p urgan bo‘lsa, bellashuvning ikkinchi bo‘limida angliyaliklar g‘alabasini zaxiradan maydonga tushgan Deniel Starrij mustahkamlab qo‘ydi.

«Liverpul» «Audi Kap» finaliga chiqdi hamda bugun, 2 avgust kuni «Atletiko» bilan uchrashadi. «Bavariya» esa musobaqaning uchinchi o‘rni uchun «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.

Bavariya Germaniya – Liverpul Angliya 0:3 (0:2, 0:1)

Gollar: 0:1 – 7 Mane, 0:2 – 34 Saloh, 0:3 – 83 Starrij.
Bavariya – Ulrayx, Rafinya, Xummels, Martines, Alaba (Fridl, 79), Riberi, Alkantara (Sanshesh, 21), Xames (Koman, 62), Tolisso (Vidal, 74), Myuller, Levandovski.
Liverpul – Karius, Lovren, Matip (Klavan, 67), Moreno, Aleksander-Arnold (Flanagan, 79), Xenderson (Starrij, 68; Solanke, 86), Koutino(Vudbern, 79), Firmino (Kent, 67), Saloh (Gruyich, 67), Jan (Veynaldum, 46), Mane (Lallana, 46).
Ogohlantirishlar: Sanshesh (50), Vidal (88), Lallana (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» Myunxenda «Bavariya»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi