23:11 / 02.08.2017
4 625

«Lokomotiv» o‘z safiga nigeriyalik hujumchini qo‘shib oldi

«Lokomotiv» o‘z safiga nigeriyalik hujumchini qo‘shib oldi
Oliy Liga ikkinchi davrasiga munosib hozirlik olib borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi davralar oralig‘ida o‘z safini to‘ldirish borasida ham keng ko‘lamli ish olib bormoqda.

Ayni paytda “temiryo‘lchilar” safida bir qator futbolchilar ko‘rikda bo‘lib turishibdi. Jumladan, jamoamiz bilan birgalikda Minsk shahrida tashkil etilgan xorij yig‘inida ishtirok etgan nigeriyalik hujumchi Olabiran Blessing Muyiva yig‘in mobaynida bir qator gollar kiritib, o‘zidan ijobiy taassurot qoldira oldi.

Harakatlari jamoamiz murabbiylar shtabiga ma’qul kelgan 18 yoshli iste’dod egasi bugun “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi va “temiryo‘lchi”ga aylandi.

Ta’kidlash joizki, Olabiran Blessing Muyiva joriy mavsumning ilk davrasini Moldovaning “Saksan” klubi tarkibida o‘tkazdi. “Saksan” safida 10 ta uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchi bir bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bugun Olabiran Blessing Muyiva katta ehtimol bilan “Lokomotiv” tarkibida debyut qiladi.



Manba: www.lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» o‘z safiga nigeriyalik hujumchini qo‘shib oldi