22:40 / 04.08.2017
4 810

Igor Shkvirin «So‘g‘diyona»ga murabbiy bo‘ldi

Igor Shkvirin «So‘g‘diyona»ga murabbiy bo‘ldi
«So‘g‘diyona» rahbariyati Igor Shkvirinni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Terma jamoaning sobiq futbolchilaridan biri bo‘lmish Igor Shkvirin murabbiylik faoliyatini «Qizilqum»da boshlagan, keyinroq «Olmaliq» boshqaruviga kelib, bu jamoada 9 yil ishlagandi.

2016 yilda olmaliqlar klubi safidan ketgach, u Bekobodning «Metallurg» jamoasida seleksioner murabbiy sifatida ish olib borayotgan edi.

U Jizzax jamoasida avvalroq ishdan bo‘shatilgan Davron Fayziev o‘rnini egalladi.

Bugun Igor Shkvirin bilan ilk mashg‘ulotni olib borgan. Jamoani «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinda aynan ushbu murabbiy boshlab chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin «So‘g‘diyona»ga murabbiy bo‘ldi