13:41 / 05.08.2017
5 353

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Makgregor bilan shug‘ullanishdan bosh tortdi

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Makgregor bilan shug‘ullanishdan bosh tortdi
Xalqaro boks federasiyasi va Butunjahon boks assosiasiyasi talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Pol Malinyaji aralash yakkakurashlar bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorning mashg‘ulot lagerini tark etdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida xabar bergan, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Ringdan tashqariga chiqqan ba’zi narsalar va lagerning ichida ro‘y berayotgan holatlar tufayli men shunday qarorga keldim. Lager qanday ishlashiga oid shartlarni men qo‘ymayman, biroq uning bir qismi bo‘lishni istamadim. Men Konorning taktikasini oshkor qilmayman», - deya yozdi bokschi.

Malinyajining ketishiga Makgregor bilan sparring-jangdan so‘ng e’lon qilingan fotosuratlar sabab bo‘ldi. Tasvirlarda amerikalik nokdaunda ekanini ko‘rish mumkin, biroq uning ta’kidlashicha, turtib yuborilgani tufayli yiqilgan.

Makgregor amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladigan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bellashuv 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, irlandiyalik ringga chiqqani uchun taxminan 75 mln dollar, amerikalik esa – 100 mln dollar ishlab oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Makgregor bilan shug‘ullanishdan bosh tortdi