00:10 / 06.08.2017
5 891

Messi "Barselona" rahbariyatidan ikki futbolchini sotib olishni so‘ramoqda

Messi "Barselona" rahbariyatidan ikki futbolchini sotib olishni so‘ramoqda
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoada argentinalik futbolchilar sonini oshirmoqchi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, futbolchi rahbariyatdan "PSJ" yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya va "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala transferini talab qilmoqda.

Ayni paytda Di Mariya "PSJ" klubini tark etishni istamayapti. Neymarning kelishi futbolchilarda jamoa yutuqlariga bo‘lgan ishonchni oshirgan. Diabala esa rahbariyat qo‘yib yuborsagina "Yuventus"ni tark etishini aytgan.

Avvalroq, "Barselona" Dibalaning transferiga "Yuventus"ni ko‘ndirish uchun Andre Gomesh va Rafinyani bermoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi.

Manba: Stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi "Barselona" rahbariyatidan ikki futbolchini sotib olishni so‘ramoqda