11:50 / 06.08.2017
3 116

Ronaldu «Real» bilan mashg‘ulotlarga kirishdi

Ronaldu «Real» bilan mashg‘ulotlarga kirishdi
Krishtianu Ronaldu 5 avgust kuni «Real» bazasida mashg‘ulotlarni boshladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ronaldu Rossiyada o‘tgan Konfederasiyalar kubogidagi ishtirokidan keyin ta’til olgan va 5 avgustda klubga qaytgan.

32 yoshli futbolchi mashg‘ulotning birinchi yarmini jamoa bilan yakunlagan, so‘ngra individual dastur bo‘yicha ishlagan.

8 avgustda Zayniddin Zidan shogirdlari UEFA Superkubogi uchun «Manchester Yunayted» futbolchilari bilan bahslashadi. Uchrashuv Makedoniya poytaxti Skopedagi «Makedoniyalik Filipp II milliy stadioni»da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu «Real» bilan mashg‘ulotlarga kirishdi