12:04 / 06.08.2017
5 327

Anvar Boynazarov tailandlik taybokschini engib, EM-Legend yarim finaliga yo‘l oldi

Anvar Boynazarov tailandlik taybokschini engib, EM-Legend yarim finaliga yo‘l oldi
Yakkakurashning K-1 yo‘nalishida muvaffaqiyatli odimlayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov Xitoyda boshlanib, yakuniy bosqichi Tailandga ko‘chgan EM-Legend turnirida yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Pxuket shahrida bo‘lib o‘tgan chorak finalda u mezbon jangchi — tailandlik Narong bilan jang qildi va raqibini mag‘lub etdi. «Olamsport» nashrining xabar berishicha, 65 kilogramm vazngacha bo‘lgan sportchilar to‘qnashuvida Boynazarov raqibini ikki raunddayoq taslim qila olgan.

Muxlislar orasida The Uzbek laqabi bilan tanilayotgan Anvar Boynazrov oldindagi bir oy ichida yarim final jangini o‘tkazishi kerak. Uning bu boradagi raqibi yaqin kunlar ichida aniq bo‘ladi.

Karerasi davomida 120 ga yaqin jang o‘tkazgan Anvar Boynazarov sentyabr oyida Toshkentda ham jang qilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anvar Boynazarov tailandlik taybokschini engib, EM-Legend yarim finaliga yo‘l oldi