«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Evropa Ligasi g‘olibiga Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilishiga qarshi chiqdi.
«Men hamisha Evropa Ligasi g‘olibiga Chempionlar ligasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish uchun yo‘llanma berilishiga qarshi bo‘lganman. Chunki, «Manchester Yunayted»ni hisobga olmaganda hamisha bu turnirda Chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmagan jamoa g‘olib bo‘lgan.
Chempionlar Ligasiga Evropa Ligasi orqali yo‘l olish fikrida bo‘lmaslik kerak. Men bunday yo‘l tutish ichki chempionatga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblayman: agar aprelda jamoada APLda kuchli to‘rtlikka kirishdan ko‘ra, Evropa Ligasi orqali yo‘l olish imkoni ko‘proq bo‘lsa, bu jamoa ichki chempionatga ikkinchi darajali turnirdek qarashi mumkin. Men o‘yinlarga hamisha optimal tarkibni tushiraman. Futbolchilarimga faqat Evropa Ligasi o‘yinlarida dam berishim mumkin», — deya Vengerning so‘zlarini keltirgan London Evening Standard.
Londonliklar o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida 5-o‘rinni egalladi va Evropa Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi. «MYu» mavsumni 6-o‘rinda yakunladi, ammo Evropa Ligasi g‘olibi sifatida EChLga yo‘llanma oldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?