15:35 / 06.08.2017
5 374

«Barselona» yaqin vaqt ichida Koutino transferini e’lon qiladi

«Barselona» yaqin vaqt ichida Koutino transferini e’lon qiladi
«Liverpul» futbolchisi Filippe Koutino «Barselona»ga o‘tishga yaqin.

El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, katalonlar klubidagilar ushbu 25 yoshli braziliyalik futbolchi mersisaydliklardan 100 million evroga sotib olinishiga ishonch bildirmoqda, ushbu transfer 8 avgust kuni rasmiylashtirilishi mumkin.

«Barselona» Koutino bilan 5 yillik shartnoma tuzadi.

Bungacha «Liverpul» ushbu havbek uchun kataloniyaliklarning ikki taklifini rad qilgandi.

Koutino jamoaning Dublinda «Atletik»ka qarshi o‘tkazgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘rtoqlik o‘yiniga bormadi. Bu uning belida og‘riq paydo bo‘lgani bilan izohlangan.

Biroz avvalroq «Barselona» «Borussiya»dan 100 mln evroga Usmon Dembeleni sotib olayotgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» yaqin vaqt ichida Koutino transferini e’lon qiladi