13:03 / 07.08.2017
8 303

«Barselona» Neymar o‘rniga kimlarni taklif etmoqchi?

«Barselona» Neymar o‘rniga kimlarni taklif etmoqchi?
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Neymarni PSJga rekord darajada sotishga erishdi. Endilikda klub Neymar transferidan tushgan pullarga yaxshi futbolchi sotib olmoqchi
Quyida bular borasida so‘z yuritamiz.

Felipe Koutino ("Liverpul")

Katalon klubi Koutinoni ancha vaqtdan beri sotib olishni reja qilmoqda. Ammo, ingliz klubi rahbariyati ushbu transferga qarshilik qilishmoqda. "Barselona" Koutino transferi uchun 100 million evro ajratmoqchi.

Anxel Di Mariya ("PSJ")

Neymar "Barselona"dan Fransiyaga yo‘l olganidan keyin klub bor e’tiborini Di Mariyaga qaratdi. Argentinalik futbolchi ham Ispaniyaga qaytishni istamoqda. Faqat, jamoa bu futbolchi transferiga etarlicha pul to‘lab berishlari talab etiladi.

Yulian Draksler ("PSJ")

Draksler parijliklar safida yorqin o‘ynay olmadi. Natijada, u klubdan ketishi mumkin. Futbolchining agenti "Barselona" bilan muzokara o‘tkazish uchun Kataloniya shahriga etib kelgan. Katta ehtimol bilan u faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

Usmon Dembele ("Borussiya D")

Dortmundliklar hujumchisi Usmon Dembele "Barselona" qiziqishlari doirasida. Kataloniyaliklar anchadan beri Dembelega qiziqib kelmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Biroq klub hozircha bu transferga rozilik berganicha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Neymar o‘rniga kimlarni taklif etmoqchi?