17:38 / 08.08.2017
4 981

Dahshatli o‘yin: bugun "MYu" va "Real" o‘zaro to‘qnash keladi!!!

Dahshatli o‘yin: bugun "MYu" va "Real" o‘zaro to‘qnash keladi!!!
Bugun sobiq Yugoslaviya tarkibida bo‘lgan Makedoniya davlatining Skope shahrida UEFA Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, unda Evropa Chempionlar ligasi musobaqasini yutib olgan jamoa Evropa Ligasini bosh sovrinini qo‘lga kiritgan klubga qarshi maydonga chiqadi. Ular Madridning "Real" hamda Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoalaridir.

"Real" o‘zi ishtirok etgan musobaqaning finalida Italiyaning "Yuventus" jamoasi 4:1 hisobida enggan edi. "Manchester Yunayted" bo‘lsa Evropa Ligasi finalida "Ayaks"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

"MYu" 2013 yildan buyon UEFA Superkbogida o‘ynayotgan va birinchi Ispaniya vakili bo‘lmagan klub hisoblanadi. "Qizil iblislar" Superkubokni 1991 yilda "Srvena Zvezda"ni yutib (1:0) qo‘lga kiritgan. 1999 va 2008 yillarda mos ravishda "Lasio" va "Zenit"ga imkoniyatni boy bergan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dahshatli o‘yin: bugun "MYu" va "Real" o‘zaro to‘qnash keladi!!!