19:37 / 10.08.2017
5 308

«Real» va «Barselona» yana bir futbolchi uchun raqobat qiladi

«Real» va «Barselona» yana bir futbolchi uchun raqobat qiladi
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Usmon Dembele «Real» transfer qilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida turibdi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Madrid klubi «Monako»dan Kilian Mbappeni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti, shu tufayli jamoa e’tiborini Dembelega qaratishi mumkin.

Bundan tashqari, «Real» rahbariyati «Barselona»ni transferlar borasida yana bir bor dog‘da qoldirishni istamoqda.

Qayd etish kerakki, bu yozda Madrid jamoasi kataloniyaliklar klubi ham da’vogarlik qilgan Teo Ernandes va Dani Sebalosni qo‘lga kiritdi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra «Borussiya» Dembeleni 150 million evroga baholagan. Uni Neymarga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgan «Barselona» esa buncha to‘lamoqchi emas. Klubdagilar u ketmoqchiligi haqida rahbariyatga o‘zi ma’lum qilishi va shu orqali narx tushishiga umid qilmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» va «Barselona» yana bir futbolchi uchun raqobat qiladi