Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardoriga aylandi

  • 01 sentyabr 2015, 23:41
  • 4 166
  • Sport
  • Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardoriga aylandi

    Bosh murabbiy Samvel Babayanning qaroriga ko‘ra, 27 yoshli Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federasiyasining rasmiy saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    Rossiyaning "Krasnodar" klubida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasida 70ta o‘yin o‘tkazib, 12ta gol urgan.

    Server Jeparov va Aziz Haydarov ikkinchi terma jamoaning vise-sardori bo‘lib terma jamoa sharafini himoya qiladi.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27 avgustdan buyon Toshkentdagi "Jar" hamda "Paxtakor" stadionlarida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. O‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 30 futbolchi taklif etilgan.

    Yaman terma jamoasi 31 avgust dushanba kuni Dubaydan Toshkentga uchib keladi. Terma jamoa O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Ummon bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

    O‘zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi 3 sentyabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 2 sentyabr kuni esa ikki terma jamoa bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani va uning ketidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkaziladi.

    3 sentyabr kuni “N” saralash guruhida peshqadam Shimoliy Koreya terma jamoasi Manamaga borib, Bahrayn terma jamoasiga qarshi 3-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:40 da boshlanadi.5 jamoa o‘ynaydigan “N” saralash guruhida peshqadamlardan yana biri Filippin terma jamoasi bu turda dam oladi. Filippin futbol federasiyasi 3 sentyabr kuni Maldiv orollari terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da “Rizal Memorial” stadionida o‘tkaziladi.

    O‘zbekiston terma jamoasi 3 sentyabr kuni Yamanga qarshi o‘yinni o‘tkazib, 2 kun Toshkentda shug‘ullanadi va 6 sentyabrda charter reysi orqali Filippinga uchib ketadi. 7 sentyabrda Filippin va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokida matbuot anjumani va Filippin – O‘zbekiston uchrashuvi 8 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Bokayu Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 8 sentyabr kuni, shuningdek, Dohada Yaman terma jamoasi Bahrayn terma jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Shimoliy Koreya terma jamoasi 4-turda dam oladi va hozircha hech qanday uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmagan.

    3-tur oldidan “N” saralash guruhida Shimoliy Koreya va Filippin 2 ta o‘yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni egallab turgan Bahrayn, O‘zbekiston va Yaman terma jamoalarida esa hozircha ochko yo‘q.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardoriga aylandi