19:35 / 11.08.2017
4 978

O‘zbekiston Milliy universitetida taekvondo fakulteti ochiladi

O‘zbekiston Milliy universitetida taekvondo fakulteti ochiladi
Kecha, 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Xalqaro taekvondo federasiyasi Prezidenti Cho Chung Von ni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev hamda Cho Chung Von o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida taekvondo federasiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda yirik xalqaro turnirlarni muntazam o‘tkazib borish, Xalqaro taekvondo federasiyasining davlat rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilayotgan taekvondo fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, O‘zbekiston yoshlarini sportga keng jalb qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari muhokama etildi.

Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Milliy universitetida taekvondo fakulteti ochiladi