22:54 / 13.08.2017
6 253

Odil Ahmedov super goli bilan «Shanxay SIPG»ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi (Video)

Odil Ahmedov super goli bilan «Shanxay SIPG»ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi (Video)
Xitoy chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Shanxay SIPG” – “Chunsin Lifan” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Unda 3:2 hisobi qayd etilib mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Mezbonlar tarkibida Xalk, Ahmedov, U Ley bir martadan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, “Chunsin Lifan”ning gollariga Yuri va Lyu Xuanlar mualliflik qildilar.

Uchrashuvning 72-daqiqasi o‘tib borayotgan bir vaqtda, to‘p mehmonlar jarima maydonchasi ichiga uzatib berildi, u erda Xalk to‘pni darvoza tomon yo‘llamoqchi bo‘ldi, biroq u tepgan to‘p himoyachilarga tegib qaytdi.

Qaytgan to‘pga hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘xtatmasdan zarba berdi va jamoasining g‘alabasiga o‘z xissasini qo‘shdi.

Xitoy chempionati 22-tur
“Shanxay SIPG” – “Chunsin Lifan” 3:2 (1:0, 2:2)

Gollar: 1:0 – 34, penalti Xalk, 1:1 – 55 Yuri, 2:1 – 72 Ahmedov, 2:2 – 87 Lyu Xuan, 3:2 – 88 U Ley.
Shanxay SIPG: Yan Szyunlin, Vey Chjen, Van Shenchao, Fu Xuan, Xe Guan, Ahmedov, Chjan I, Oskar, U Ley, Yuy Xay, Xalk.
Chunsin Lifan: Den Syaofey, Milovich, Lyu Xuan, Chen Ley, Lyu Yuy, Chjon U En, Fen Szin, Syuy Yan, Nan Sun, Pen Sinli, Yuri.
Ogohlantirishlar: Ahmedov 24, Oskar 38.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov super goli bilan «Shanxay SIPG»ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi (Video)