21:17 / 14.08.2017
4 637

Janubiy Koreya murabbiyi: O‘zbekistonni mag‘lub etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz

Janubiy Koreya murabbiyi: O‘zbekistonni mag‘lub etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz
Koreyalik mutaxassis Shin Te Yong bo‘lajak o‘yinlar oldidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilayotganini va barchadan, hatto maydonga tushmaydigan futbolchilardan bor e’tiborni qolgan ikki o‘yinga qaratishni talab qilayotganini aytdi.

“Termaga chaqirilgan 26 futbolchining barchasi saralash bosqichi yakuniga qadar bir butun bo‘ladi. Janubiy Koreya termasining taqdiri qolgan ikki o‘yinga bog‘liq. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, – dedi Shin Te Yong.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi, shuningdek, jarohati bor Son Xyon Min va Ki Son Yon haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ki Son Yon o‘ynay olmasa ham unga sardorlik bog‘ichini bergim kelyapti. Ki milliy termamiz uchun muhim ahamiyatga ega futbolchilardan biri. Son Xyon Min “Tottenxem” mag‘lulotlariga qaytdi.

Uni terma ixtiyoriga erta chaqira olmaymiz, uning tibbiy holatini yana ko‘zdan kechiramiz. Mening fikrimcha, u saralash bosqichi o‘yinlari uchun etarliga tiklandi”, – dedi koreyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya terma jamoasi 31 avgust kuni o‘z maydonida Eronga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston termasi bilan kuch sinashadi.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya murabbiyi: O‘zbekistonni mag‘lub etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz