23:01 / 14.08.2017
4 525

Marchelo Lippi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda yoshlarga imkoniyat bermoqchi

Marchelo Lippi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda yoshlarga imkoniyat bermoqchi
JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi o‘yinlar yaqinlashgan sari muhokamalar avj olmoqda. Misol uchun, Janubiy Koreyaning Sports Hankook nashri kalkulyatorni olib, mamlakat terma jamoasi natijalari bo‘yicha hisob-kitoblarni boshlab yubordi.

Bilasiz, terma jamoamiz 31 avgust kuni Xitoyda mezbonlarga qarshi o‘ynaydi. Shu kuni koreyslar Eron termasini mehmon qilishadi. Xitoy termasi bosh murabbiyi Marchello Lippining AFP nashriga bergan intervyusida aytgan gaplari koreyslarni g‘oyat jig‘ibiyron qilmoqda.

Gap shundaki, Italyan mutaxassisi saralash bosqichining muhim pallasida o‘ziga xos tajriba qo‘llamoqchi.

«O‘zbekiston va Qatar termalariga qarshi kechadigan saralashning so‘nggi o‘yinlarida U-23 jamoasida o‘zlarini ko‘rsatishgan bir qator yoshlarga imkoniyat berishni o‘ylayapman»,—dedi Lippi.

Xullas, Sports Hankook shu bayonotdan kuyunmoqda: «Albatta, bu koreys futboli uchun quvonchli xabar emas. Xitoyliklar O‘zbekiston termasiga yutqazishsa, Shin Te Yong shogirdlariga ancha qiyin bo‘ladi».

Rejaga ko‘ra, koreyslar bosh murabbiyi bo‘lajak uchrashuvlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini kecha e’lon qilishi kerak edi. Jamoa 21 avgustdan esa mashg‘ulotlarga kirishadi.


Manba: www.iff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marchelo Lippi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda yoshlarga imkoniyat bermoqchi