Useyn Bolt “Manchester Yunayted” safida “Barselona”ga qarshi o‘ynaydi

  • 16 avgust 2017, 10:18
  • 3 690
  • Sport
  • Useyn Bolt “Manchester Yunayted” safida “Barselona”ga qarshi o‘ynaydi
    Engil atletika bo‘yicha 8 karra Olimpiya chempioni, sportchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan yamaykalik sprinter Useyn Bolt xayriya futbol uchrashuvida ishtirok etadi.

    Bolt uchrashuvda “Manchester Yunayted” safida jamoaning Pol Skoulz, Gari Nevill, Edvin Van der Sar kabi sobiq o‘yinchilari bilan birgalikda “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 2 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

    30 yoshli Bolt anchadan beri faoliyatini yakunlagach, o‘z kuchini futbolda sinab ko‘rish istagi borligini aytib keladi. U hattoki bir necha futbol klublarida, jumladan “Manchester Yunayted” va Dortmundning “Borussiya”si mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Sportchining o‘zi “MYu”ga muxlislik qilishini aytadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Useyn Bolt “Manchester Yunayted” safida “Barselona”ga qarshi o‘ynaydi