10:48 / 17.08.2017
5 744

Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibni e’lon qildi

Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibni e’lon qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin –Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 20 avgust kunidan boshlab Toshkentda yig‘in o‘tkazadi.

Yig‘in doirasida terma jamoa 25 avgust kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqolik o‘yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan bo‘lajak uch o‘yin uchun 27 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo‘qon-1912”);

Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Egor Krimes (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Davron Hoshimov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz G‘aniev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmaev (“Lokomotiv” Toshkent).

Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasiga ro‘baro keladi.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibni e’lon qildi