Afrikaning eng badavlat kishisi Aliko Dangote Angliyaning “Arsenal” futbol klubi egasiga aylanmoqchi ekanini xabar qildi, deb ma’lum qilmoqda Kun.uz nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Nigeriya hududida neftni qayta ishlash zavodini qurishga bor e’tiborini qaratgan.
“Men bu zavodni qurib bo‘lishim bilan, e’tiborimni “Arsenal”ga qarataman. Hattoki, klub yaxshi natijalar ko‘rsatmayotgan paytda ham uni qo‘llab-quvvatlayman, bu juda zo‘r klub, men uning egasiga aylansam, u yanada yaxshilanishi mumkin”, - dedi Dangote.
Biznesmenning ishonch bildirishicha, jamoa aksiyalarini hozirgi egalari – amerikalik Sten Kronke (67 foiz aksiyalarga egalik qiladi) hamda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovdan (30 foiz aksiyalar) xarid qilishning uddasidan chiqadi.
“Agarda, ular to‘g‘ri taklifni olishsa, ishonchim komilki, ular ketadi. Kimdir ularni ketish variantini ko‘rib chiqishga majbur qiluvchi taklif bilan chiqadi”, - deya ta’kidlab o‘tdi Dangote.
Avvalroq Afrikaning eng boy odami AQSh va Evropaga 50 mlrd dollar sarmoya kiritishi haqida xabar berilgandi.
May oyida esa amerikalik tadbirkor Sten Kronke Alisher Usmonovning "Arsenal" futbol jamoasi aksiyalarining nazorat to‘plamini sotib olish haqidagi taklifiga rad javobini bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin