01:31 / 19.08.2017
4 989

Unai Emeri: “Neymarga “PSJ” tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishiga ko‘maklashmoqchimiz”

Unai Emeri: “Neymarga “PSJ” tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishiga ko‘maklashmoqchimiz”
“PSJ” bosh murabbiyi Unai Emeri Parij jamoasi hujumchisi Neymarning kelajagi haqida gapirdi.

“Neymar ajoyib futbolchi, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Ammo echinish xonasida, mashg‘ulotlar jarayonida, do‘stlari bilan muloqotda o‘zini oddiy tutadi.

Umuman “PSJ”da barcha yaxshi futbolchilar to‘planishgan va ular Neymarning jamoaga qo‘shilganidan xursand. Biz barchamiz buni istagandik.

Biz Neymar bilan birga yanada taraqqiy etishni va unga jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishiga ko‘maklashmoqchimiz. Biz buning ustida ishlaymiz, futbolchining o‘zi ham shu maqsadda intiladi. U bilan biz yanada bir jamoa bo‘lib jipslashamiz”, deydi Emeri.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Unai Emeri: “Neymarga “PSJ” tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishiga ko‘maklashmoqchimiz”