21:11 / 19.08.2017
4 975

«Manchester Yunayted» safarda «Suonsi»ni tor-mor keltirdi

«Manchester Yunayted» safarda «Suonsi»ni tor-mor keltirdi
Angliya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan «Suonsi» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda 0:4 hisobi qayd etilib mehmonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinni hujumkor boshlagan mankunianliklar birinchi bo‘lim so‘nggiga kelib o‘z maqsadlariga erishdilar. Erik Bayi jarima maydoni ichidagi palapartishlikdan unumli foydalandi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning oxirgi o‘n daqiqaligida “qizil iblislar”ni to‘xtatib bo‘lmadi. To‘rt daqiqa ichida Romelu Lukaku, Pol Pogba va Antoni Marsyallar bittadan to‘p kiritib “MYu”ning navbatdagi yirik g‘alabasini ta’minladilar.

Angliya chempionati
2-tur


Suonsi – Manchester Yunayted 0:4 (0:1, 0:3)

Gollar: 0:1 – 45 Bayi, 0:2 – 80 Lukaku, 0:3 – 82 Pogba, 0:4 – 84 Marsyal.

Suonsi – Fabianski, Fernandes, Bartli (Rautlej, 67), Olsson, Mouson, Mesa (Narsinx, 67), Fer, Kerroll, Noton, Abraxam (Makberni, 82), Ayyu.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Blind, Valensiya, Jons, Mata (Fellayni, 75), Pogba, Matich, Mxitaryan (Errera, 85), Reshford (Marsyal, 75), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Pogba (26), Fer (73).


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» safarda «Suonsi»ni tor-mor keltirdi