02:16 / 20.08.2017
4 783

Vadim Abramov: "Ha, qiyin vaziyatdamiz"

Vadim Abramov: "Ha, qiyin vaziyatdamiz"
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Neftchi” hamda “Navbahor” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Xavfli vaziyatlarga boy o‘yin bo‘ldi. Afsuski, ulardan foydalana olmadik. Bugun yigitlardan mamnunman. Ular namoyish etgan o‘yindan qoniqdim. “Neftchi” oxirigacha kurashdi. Lekin xatolar kuzatildi. Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Afsus. Durang ham natija. Raqibga moslashib o‘ynadik. O‘yindan oldin yigitlarga kerakli ko‘rsatmalarni beryapman. Bahsga bo‘lgan munosabat va e’tiborlarini yanada kuchaytirishlarini xohlardim.

Ha, qiyin vaziyatdamiz. Hozir yigitlarda bosim yo‘q emas. Bunday hollarda kuchli jamoalar ham vaziyatdan chiqib ketishda bir qator murakkabliklarga duch kelishadi. Toshkentdagi yig‘inlar chog‘ida shogirdlarim boshqacha futbol namoyish etishgandi. Biroq, rasmiy o‘yinlarda to‘liq imkoniyatlarimizni ko‘rsata olmayapmiz. Ochig‘i, muxlislar qarshisida o‘ynash ham oson emas. Albatta stadiondagi bunday muhitda his-xayajonlarni jilovlash qiyin kechadi. Muammolarimiz bor. Ular ustida ishlaymiz. Intilishda davom etamiz, - dedi Abramov

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Ha, qiyin vaziyatdamiz"