20:03 / 20.08.2017
5 271

"Real" tez orada o‘z hujumchisi bilan yangi shartnoma tuzadi

"Real" tez orada o‘z hujumchisi bilan yangi shartnoma tuzadi
"Real" hujumchisi Karim Benzema avgust oxirigacha klub bilan shartnomasini yangilaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Qirollik klubi" va forvard o‘rtasidagi bitim 2021 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi.

29 yoshli Benzemaning "Real" bilan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi. Shunday qilib, hujumchi o‘z kelishuvini 2 yilga uzaytiradi.

Benzema 2009 yil "Lion"dan "Real"ga o‘tgan edi. Forvard "qaymoqranglilar" safida 368 ta bahs o‘tkazib, 182 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" tez orada o‘z hujumchisi bilan yangi shartnoma tuzadi