20:14 / 20.08.2017
5 526

Van Damm keladigan shouga chiptalar qachondan sotuvga chiqishi ma’lum, narxi ham

Van Damm keladigan shouga chiptalar qachondan sotuvga chiqishi ma’lum, narxi ham
Xabaringiz bor, 9 sentyabr kuni Toshkentning "Bunyodkor" stadionida jang oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Muxlislarimizni ushbu tadbirga chiptalar qachon sotuvga chiqarilishi haqidagi savol qiziqtirayotgandi.

Musobaqa tashkilotchilarining olamsport.com saytiga ma’lum qilishlaricha, chiptalar 21 avgust kunidan boshlab "Bunyodkor" stadioni kassalarida sotuvga chiqadi. Chiptalar narxi joyiga qarab 50 ming so‘mdan boshlanadi.

Yaqin kunlar ichida saytimiz orqali tanlov bo‘lib o‘tadi. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan muxlislarimizga tadbirga ikkita chipta sovg‘a qilinishi rejalashtirilgan. Bungacha championat.asia sayti tanlov orqali 4 ta chipta egalarini aniqlab oldi.

Manba: Olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Van Damm keladigan shouga chiptalar qachondan sotuvga chiqishi ma’lum, narxi ham