22:07 / 20.08.2017
4 052

Aleksandr Xomyakov: Ochkolarni kuzda sanaymiz

Aleksandr Xomyakov: Ochkolarni kuzda sanaymiz
Oliy liganing 18-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Sho‘rtan” (4:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

– Albatta bugungi o‘yindan qoniqdim. Anchadan beri o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida bunday o‘ynamagandik. Bugun o‘yinimiz qovushdi. Raqib darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qildi. Butun jamoani va muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman! O‘ylaymanki, mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a tayyorlay oldik.

Davralar oralig‘ida tayyorgarlikka boshqacha e’tibor bergandik. Sababi, birinchi davra oxirida jamoada jismoniy tomondan muammolar kuzatilgandi, shu bois, asosiy urg‘uni jismoniy holatni tiklash uchun qaratdik.

Yaponiyalik futbolchi jamoaga yaqinda kelib qo‘shildi. Sekin-sekin ichki muhitga, tartib-qoidalarga, taktikalarga moslashyapti. O‘ylaymanki, o‘zini ko‘rsatib, asosiy tarkibga mosligini isbotlaydi.

Jamoa oldida jiddiy maqsadlar yo‘q. Lekin har o‘yinda g‘alaba uchun chiqamiz, asosiy maqsad shu. Ochkolarni esa, kuzda sanaymiz.


Manba: www.fcmashal.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: Ochkolarni kuzda sanaymiz