23:13 / 20.08.2017
4 489

London derbisi: «Tottenxem» o‘z maydonida «Chelsi»ga imkoniyatni boy berdi

London derbisi: «Tottenxem» o‘z maydonida «Chelsi»ga imkoniyatni boy berdi
O‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilgan Londonning "Tottenxem" klubi raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Birinchi bo‘limning 24 daqiqasida Markos Alonso jarima zarbasini ajoyib tarzda bajarib hisobni ochdi. Bo‘lim shu hisobda o‘z poyoniga etdi.

Ikkinchi bo‘lim ham ancha jangovor tarzda kechdi. Ammo tashabbus asosan mezbonlar tomonida bo‘ldi. Vanihoyat, 82 daqiqaga kelib muvozanat tiklandi.

Aniqrog‘i, qanotdan etkazib berigan to‘pni zahiradan safga qo‘shilgan Mishi Batshuayi kutilmagan tarzda o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Biroq bu hammasi emasdi.

Oradan 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas yana o‘sha Alonso chap qanotdan "Tottenxem" jarima maydonchasiga yorib kirdi va kuchli zarbasi bilan o‘zi va jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Va shu tariqa "Chelsi" "Uembli"da yana "Tottenxem"dan ustun keldi.

London shahri, “Uembli” stadioni

“Tottenxem” – “Chelsi” – 1:2 (0:1)
Gollar:
Batshuayi 82 (ag) — Alonso 24, 88

“Tottenxem”: Loris, Tripper, Vertongen, Alderveyreld, Devis, Dayer (Son 69), Vanyama, Dembele, Eriksen, Alli, Keyn.
“Chelsi”: Kurtua, Ryudiger, Kristensen, Luis, Aspilikueta, Alonso, Kante, Bakayoko, Mozes, Villian (Pedro 78), Morata (Batshuayi 79).
Ogohlantirishlar: Ryudiger 30, Dayer 31, Luis 38, Vertongen 51, Alderveyreld 84.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » London derbisi: «Tottenxem» o‘z maydonida «Chelsi»ga imkoniyatni boy berdi