16:46 / 22.08.2017
5 671

Xitoy - O‘zbekiston uchrashuvini J.Koreya yollagan futbol ekspertlari kuzatadi

Xitoy - O‘zbekiston uchrashuvini J.Koreya yollagan futbol ekspertlari kuzatadi
Shu yilning 31 avgust kuni Xitoy davlatining Uxan shahridagi "Wuhan Sports Center Stadium" o‘yingohida Xitoy hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 saralash uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Yaxshi bilasiz, o‘yin poytaxt Pekinda emas, balki mamlakatning boshqa xududida bo‘lib o‘tadi.

Hozir olgan ma’lumotlarimizga qaraganda, Uxan shahridagi stadionga bir guruh futbol ekspertlari ham tashrif buyuradi.

Ular Janubiy Koreya futbol federasiyasi uchun o‘rganish ishlarini olib borishadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu mutaxassislar O‘zbekiston termasining o‘yiinini tahlil qilishadi. Samvel Babayan shogirdlarining kuchli va kuchsiz jihatlari o‘rganiladi.

Yig‘ilgan ma’lumot o‘sha kunning o‘zidayoq Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Shin Tay Yongga etkaziladi. Xullas, koreyaliklar JCh-2018ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun hamma narsani ishga solishmoqda.

Umid qilamiz, biz ham jim o‘tirmaymiz. Murabbiylar shtabi ham raqiblarimiz haqida kerakli ma’lumotlarni to‘plashadi.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy - O‘zbekiston uchrashuvini J.Koreya yollagan futbol ekspertlari kuzatadi