00:09 / 23.08.2017
5 556

O‘zbekiston terma jamoasini Azamat Abduraimov boshqaradimi?

O‘zbekiston terma jamoasini Azamat Abduraimov boshqaradimi?
2017 yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasida tashkilot nizomiga muvofiq hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda federasiya matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Konferensiya delegatlari, mehmonlar, matbuot vakillariga 2014–2017 yillarda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan O‘FF prezidentining hisoboti, shuningdek, O‘FFning moliyaviy hisoboti ham taqdim etiladi.

Konferensiyada O‘zbekiston Futbol Federasiyasining prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari kun tartibidan yangi rahbariyat tarkibi, yangi strukturani tasdiqlash kabi masalalar ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining 15 iyundagi qaroriga ko‘ra sentyabr oyida Federasiya faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishi belgilangandi.

12 sentyabr kuni terma jamoa bosh murabbiyi ham o‘zgarishi kutilmoqda.

Insayderlik xabarlariga ko‘ra, Federasiyaga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, «O‘zavtosanoat» AK raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov prezident bo‘ladi, terma jamoa boshqaruvi esa sobiq futbolchi Azamat Abduraimov qo‘liga o‘tadi.


Manba: www.tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasini Azamat Abduraimov boshqaradimi?