21:25 / 24.08.2017
4 872

Marchelo Lippiga O‘zbekistonni mag‘lub etish vazifasi yuklatildi

Marchelo Lippiga O‘zbekistonni mag‘lub etish vazifasi yuklatildi
Italiyalik mutaxassis Xitoy terma jamoasini 2018 yilda Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionatining guruh bosqichiga olib chiqishi shart.
Xitoy futbol federasiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Marchelo Lippini bir shartga ko‘ra o‘z lavozimida qoldirdi.

Unga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Xitoy terma jamoasini 2018 yilda Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionatining guruh bosqichiga olib chiqishi shart.

Ayni vaqtda xitoyliklar Osiy qit’asining saralash bosqichining “A” guruhida 6 ochko jamlagan holda, so‘nggi o‘rinni band etib turishibdi.

Xitoy terma jamoasi oldida yana ikki o‘yinda ishtirok etish imkoniyati saqlanib qolgan. Ular Qatar termasi va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Lippi Xitoy terma jamoasi ruliga 2016 yil kelib, joylashgandi va uning amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marchelo Lippiga O‘zbekistonni mag‘lub etish vazifasi yuklatildi