07:34 / 25.08.2017
5 519

Putin Vengriyada o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini ochib beradi

Putin Vengriyada o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini ochib beradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 avgustda Vengriya poytaxti Budapeshtga tashrif buyuradi va dzyudo bo‘yicha 31-jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etadi. Putinni Vengriyaga ushbu mamlakat bosh vaziri Viktor Orban taklif qilgan. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Putin jahon chempionati ochilish marosimida xalqaro dzyudo federasiyasining faxriy prezidenti sifatida ishtirok etadi. Jahon chempionati Budapeshtdagi Laslo Pappa nomidagi arenada 28 avgustdan 3 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 130 dan ko‘proq davlatdan 800 ga yaqin sportchi ishtirok etadi.

Tashrif davomida Putinning Orban bilan muzokaralar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Bu Putinning Vengriyaga joriy yildagi ikkinchi tashrifi bo‘ladi. U fevral oyi boshida ham Vengriyaga safar uyushtirib, bosh vazir Orban bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Putin 11 yoshidan dzyudo va sambo bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. Bir-biriga yaqin bo‘lgan bu sport turlari bo‘yicha sport ustasi unvoniga ega. 2012 yilda unga dzyudo bo‘yicha sakkizinchi dan berilgan.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Putin Vengriyada o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini ochib beradi