07:38 / 25.08.2017
11 049

Bugun boks bo‘yicha JCh boshlanadi. Bahslar UzReport tomonidan translyatsiya qilinadi

Bugun boks bo‘yicha JCh boshlanadi. Bahslar UzReport tomonidan translyatsiya qilinadi
25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha 19-Jahon chempionati boshlanadi va 2 sentyabrga qadar davom etadi.

Unda Kuba, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlar qatorida jami 195 mamlakatdan kelgan bokschilar o‘zaro kuch sinashadilar. O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham Jahon chempionatida barcha vazn toifasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan.

O‘zbekistondagi boks muxlislarining talab va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, UZREPORT TV telekanali ushbu Jahon chempionatini eksklyuziv tarzda translyasiya qilish huquqini xarid qildi.

Telekanal 25 avgustdan boshlab terma jamoa a’zolari hamda jahonning etakchi bokschilari ishtirokidagi qiziqarli janglarni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Jahon chempionatida Rio-2016 Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlaridan tashqari, o‘z vazn toifasida O‘zbekistonda eng kuchli bo‘lib turgan bokschilar yurt sharafini himoya qilishadi. Bokschilarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov
-52 kg: Jasur Latipov
-56 kg: Murod Ahmadaliev
-60 kg: Elnur Abduraimov
-64 kg: Iqbol Xoldorov
-69 kg: Shahram G‘iyosov
-75 kg: Isroil Madrimov
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziev
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun boks bo‘yicha JCh boshlanadi. Bahslar UzReport tomonidan translyatsiya qilinadi