13:17 / 25.08.2017
5 794

O‘zbekistonlik bokschi AQShda raqibini nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik bokschi AQShda raqibini nokautga uchratdi
Avval xabar berganimizdek, amerikalik taniqli bokschi Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasida (kompaniya homiyligida) faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov 23 avgust kuni navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Sanjar Rahmonov AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida faoliyatidagi to‘qqizinchi jangda ringga ko‘tarildi.

Uning raqibi amerikalik La Darius Miller bo‘ldi. Rahmonov ushbu jangda raqibini nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Rahmonov shu kungacha 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 8 tasida g‘alabaga erishgan. To‘rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Hisobida esa bitta durang bor.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschi AQShda raqibini nokautga uchratdi