22:15 / 25.08.2017
5 294

Neymar “Barselona”ga antiqa uslubda javob qaytardi

Neymar “Barselona”ga antiqa uslubda javob qaytardi
Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Neymar “Barselona” klubi ustidan FIFA tashkilotiga rasmiy shikoyat taqdim etdi. Bu haqda FIFA ning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” klubi Neymarga yangi shartnoma imzolagani uchun mukofot pulining ikkinchi qismini to‘lamagan.
Unga ko‘ra 25 yoshli hujumchi 2016 yilning oktyabr oyida imzolangan shartnomasi uchun yana 26,0 million yevro mukofot puli olishi kerak edi.

Ayni paytda FIFA bu borada surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Neymardan o‘sha shartnoma uchun to‘langan dastlabki mukofot pulini ham sud orqali qaytarib olmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Kataloniyaliklar yangi shartnoma shartlarini buzgani uchun Neymardan sud orqali 8,5 million yevro, bundan tashqari yana 10 foiz ustama haqi ham undirib olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Neymar joriy yilning 3 avgust kuni 222 million yevro evaziga “Barselona”dan “PSJ”ga o‘tib, dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar “Barselona”ga antiqa uslubda javob qaytardi