08:40 / 26.08.2017
5 460

Gamburg-2017. Terma jamoamizning yurishi g‘alaba bilan boshlandi

Gamburg-2017. Terma jamoamizning yurishi g‘alaba bilan boshlandi
Ma’lumki, bugun Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi. Musobaqaning ilk kungi bellashuvlarida bir nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.
Mazkur qarama-qarshilikda 91 kg vazn toifasida Sanjar Tursunov nikaragualik Jeffri Gonsales bilan kuch sinashdi. Ushbu jangda raqibiga nisbatan katta ustunlikka ega bo‘lgan hamyurtimiz 5:0 hisobida zafar quchdi.

91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston)— Jeffri Gonsales (Nikaragua) 5:0

Ushbu jangda g‘olib chiqqan bokschimiz ikkinchi saralash to‘qnashuvida o‘z ishtirokini boshlaydigan argentinalik Yara Peraltaga qarshi ringga chiqadi. Jang 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: Terma jamoamiz a’zolaridan 9 nafari ushbu jahon chempionatiga Osiyo chempioni sifatida tashrif buyurgan bo‘lsa, birgina 91 kgda vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov qit’a birinchiligining yarim finaliga qadar yetib kela olmagan hamda pley-off raundida raqibini yengib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. 9 nafar bokschimiz Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Manba: www.sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017. Terma jamoamizning yurishi g‘alaba bilan boshlandi