15:03 / 26.08.2017
4 829

Vodiy–Toshkent derbisi, camarqandcha iroda: barchasiga bugun guvoh bo‘lasiz!

Vodiy–Toshkent derbisi, camarqandcha iroda: barchasiga bugun guvoh bo‘lasiz!
Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turidan o‘rin olgan beshta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, Qo‘qonning “Qo‘qon–1912” jamoasi o‘z maydonida “Neftchi”ni qabul qiladi. Uchrashuv shubhasiz turning markaziy, ya’ni “Vodiy derbisi” maqomiga ega o‘yini hisoblanadi. Shu kungacha Vodiy jamoalarining deyarli har bir o‘yini muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Uchrashuv “Mycujoo.tv” sayti orqali jonli ravishda translyatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

“Navbahor” esa Namanganda Samarqandning “Dinamo” klubi bilan bahs olib borish bilan birga avvalroq qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabani saqlash uchun harakat qiladi.

Samarqandliklar esa mag‘lubiyat alamini unutganlaricha yo‘q. Ular o‘z muxlislari oldidagi mas’uliyatni his etib, o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Musobaqa jadvalida yuqoriga odimlayotgan “Buxoro” esa “Qizilqum” bilan kuch sinashadi.

G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan o‘zaro raqobatga boy bo‘lishi kutilayotgan uchrashuvni o‘tkazish ishtiyoqida. “Bunyodkor” stadionida esa kichik “Toshkent derbisi” uchrashuvi o‘tkaziladi. Ya’ni maydonga “Bunyodkor” hamda “Obod” jamoalari tushishadi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining oldinda turgan ikki muhim uchrashuvlari sabab 19-turdan o‘rin olgan uchta uchrashuv noma’lum muddatga qoldirilgani haqida avval xabar bergandik.

Oliy Liga, 19-tur
26 avgust (shanba)

17:00 — “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)–“Neftchi” (Farg‘ona)


Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Najafaliyev (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Frolov.

18:00 — “Navbahor” (Namangan)–“Dinamo” (Samarqand)

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), N. Ro‘zimov (Toshkent), A. Shukurullayev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

18:00 — “Buxoro” (Buxoro)–“Qizilqum” (Navoiy)

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: B. Tog‘ayev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: F. Magametov.

18:30 — “Sho‘rtan” (G‘uzor)–“Metallurg” (Bekobod)

Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Kuldashev (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O‘zPFL vakili: R. Chernikov.

19:00 — “Bunyodkor” (Toshkent)–“Obod” (Toshkent)

Hakamlar: T. To‘xtasinov (Toshkent), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

Qoldirilgan uchrashuvlar:

“Paxtakor” - “Mash’al”
“So‘g‘diyona” - “Nasaf”
“Olmaliq” – “Lokomotiv”

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vodiy–Toshkent derbisi, camarqandcha iroda: barchasiga bugun guvoh bo‘lasiz!