20:19 / 26.08.2017
4 695

Vadim Abramov: “Yaxshi o‘ynadik, ammo natijaga erisha olmadik”

Vadim Abramov: “Yaxshi o‘ynadik, ammo natijaga erisha olmadik”
“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot-anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Avvalo qo‘qonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular kerakli bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. O‘yin derbiga xos shiddatli hujumlarga boy bo‘ldi. Afsusuki, jamoamiz muxlislarni xursand eta olmayapti. Bugun ham yaxshi o‘ynashimizga qaramay, kerakli natijani qo‘lga kirita olmadik.

Saidovni bugun maydonga tushirmoqchi edim. Hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda uni o‘yinga qo‘shmoqchi edim. Lekin kiritilgan ikkinchi gol barcha niyatlarimizni yo‘qqa chiqardi. Saidov tajribali o‘yinchi va u keyingi o‘yinlarda undan umidimiz katta.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: “Yaxshi o‘ynadik, ammo natijaga erisha olmadik”