01:35 / 27.08.2017
5 040

Ulug‘bek Baqoyev: “Har bir bellashuvda jon-jahdimiz bilan xaraqat qilayotganimiz ijobiy natijani berib turibdi”

Ulug‘bek Baqoyev: “Har bir bellashuvda jon-jahdimiz bilan xaraqat qilayotganimiz ijobiy natijani berib turibdi”
“Buxoro”- “Qizilqum” uchrashuvidan (1:0) keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Har bir bahsda eng avvalo muxlislar uchun o‘ynaymiz! Bugungi uchrashuv og‘ir o‘tishini oldindan bilar edik. O‘zbekistonda futbol rivojlanmoqda. Barcha jamoalar deyarli teng. Oson va o‘tkinchi o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Har bir bellashuvda jon-jahdimiz bilan xaraqat qilayotganimiz ijobiy natijani berib turibdi. Bugungi o‘yinda “Buxoro” ishqibozlariga bizni qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun jamoa nomidan minnatdorchilik bildiraman. Yigitlarimizning xarakatlaridan qoniqdim. Xar bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘ryapmiz. O‘yindan oldin biz, raqib jamoa darvozasiga uzoqdan zarba berish ustida nisbatan ko‘proq ishladik va bu o‘z samarasini berdi. So‘zim yakunida barcha futbol ishqibozlarini va umuman yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami munosabati bilan chin qalbdan, o‘zim va jamoa nomidan tabriklayman - deya o‘z fikrlarini yakunladi Ulug‘bek Baqoyev.

"Buxoro" matbuot xizmati.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: “Har bir bellashuvda jon-jahdimiz bilan xaraqat qilayotganimiz ijobiy natijani berib turibdi”