08:16 / 27.08.2017
7 132

MMA: Murod Xonto‘rayev yengildi va raqibi undan uzr so‘radi (video)

MMA: Murod Xonto‘rayev yengildi va raqibi undan uzr so‘radi (video)
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev Qozog‘istonning Ostona shahrida professional faoliyatidagi 9-jangini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Sports.uz

Bu safar 30 yoshli hamyurtimizga ukrainalik Oleg Protsenko qarshilik qildi. Protsenko mazkur jangga qadar MMAda 12 ta jang o‘tkazib, 8 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgandi.

Jangni anchagina faol boshlagan va raqibiga yetarlicha muammolar tug‘dirgan Murod Xonto‘rayev 1-raund yakunlanib borayotgan vaqtda raqibi tomonidan yiqitildi va ukrainalik jangchi bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozondi.

Jang yakunlangach Protsenko raqibiga jang uchun va qozog‘istonliklarga iliq kutib olishgani uchun tashakkur bildirib, so‘ngra Murod Xonto‘rayevni quchib, uzr so‘radi.

Ma’lumot uchun, «Osiyo ayig‘i» nomi bilan tanilgan Murod Xonto‘rayev MMAda jami 9 ta jang o‘tkazib, 7 ta g‘alaba va bugungi bilan 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA: Murod Xonto‘rayev yengildi va raqibi undan uzr so‘radi (video)