08:29 / 27.08.2017
4 825

«Manchester Yunayted»da yana «quruq» g‘alaba

«Manchester Yunayted»da yana «quruq» g‘alaba
«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining uchinchi tur uchrashuvlari doirasida «Lester Siti» bilan o‘ynadi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida manchesterliklarning yangi hujumchisi Romelu Lukaku qatorasiga uchinchi o‘yinda gol urishi mumkin edi, ammo u penaltini aniq amalga oshira olmadi. 70-daqiqada «MYu» baribir hisobni ochdi — Markus Rashford Genrix Mxitaryan pasini golga aylantirdi. 82-daqiqada Marvon Fellayni Jessi Lingard pasidan keyin o‘yindagi yakuniy hisobn o‘rnatdi.

Shu tariqa, Joze Mourino shogirdlari qatorasiga uchinchi o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan holda g‘alabaga erishmoqda. Endi «MYu» 9 ochko bilan APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda. «Lester» 3 ochkosi bilan 16-pog‘onada qolgan.

Angliya chempionati, 3-tur

Manchester Yunayted – Lester 2:0
Gollar:
1:0 – 70 Reshford, 2:0 – 82 Fellayni.

Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Blind, Valensiya, Djons, Mata (Reshford, 67), Matich, Pogba, Mxitaryan (Fellayni, 74), Marsiyal (Lingard, 76), Lukaku.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Mahrez, Ndidi, Jeyms, Olbrayton (Grey, 60), Okadzaki (King, 60), Vardi (Slimani, 76).
Ogohlantirish: Mxitaryan (54).

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted»da yana «quruq» g‘alaba